20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,6 °C

Mamlakatimizda
29 May  2019 397

Maktab infratuzilmasidan foydalangan holda AT kurslari tashkil etilishi mumkin

Xalq ta'limi vazirligida ShAG (Qadam) Kompyuter Akademiyasi (Ukraina) asoschisi Dmitriy Korchevskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

ShAG Kompyuter Akademiyasi – yirik xalqaro o‘quv muassassasi bo‘lib, kompyuter mutaxassisligi bo‘yicha ta'lim beradi. Hozirda Akademiyaning 55 ta filiali 18 ta mamlakatda faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Akademiya O‘zbekistonda ham bolalar va kattalar uchun kurslar tashkil etgan.

Uchrashuv doirasida Dmitriy Korchevskiy ShAG Kompyuter Akademiyasi kurslarining afzalliklari haqida ma'lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kurs tinglovchilari ta'lim olish jarayonida o‘zlariga ish topishadi.

Uchrashuv doirasida maktab o‘quvchilarining axborot texnologiyalarini o‘rgatishda hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Jumladan, yurtimiz viloyatlarida maktab infratuzilmasidan foydalangan holda o‘quvchilar uchun axborot texnologiyalari kurslarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech