24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Kеyingi avlod
26 Yanvar  2019 1594

Maktab formasi sotib olishda direktor yoki sinf rahbarlarining aralashuvi taqiqlanadi

Xalq ta’limi vazirligida videokonferensiya tarzida o‘tgan yig‘ilishda 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilayotgani munosabati bilan ta’lim muassasalari, joylardagi xalq ta’limi bo‘limlari va boshqarmalari rahbarlari maktab formalarini vaqtida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun o‘quvchilar soni bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida shakllantirishi lozimligi ta’kidlandi.

 

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari tomonidan maktab direktorlarining maktab formasi xaridi bilan bog‘liq masalalarga aralashishi qat’iyan taqiqlanganligi takror va takror aytilishiga qaramasdan ayrim maktab direktorlari ota-onalarga qaysi ishlab chiqaruvchining maktab formasini sotib olishlari kerakligini “tavsiya” qilib kelayotgani tanqid ostiga olindi. Ta’lim muassasasi xodimlari ushbu jarayonlarga aralashmasligi haqida ogohlantirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi qaroriga ko‘ra, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantirishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda respublikaning har bir tuman (shahar) markazining aholiga qulay joylarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etishlari, savdo shoxobchalarining joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi belgilangan.

Yig‘ilish yakunida qarorda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar bilan birgalikda maktablarda tashkil etiladigan ota-onalar majlislarida ta’lim muassasalariga maktab formasining afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini doimiy ravishda olib borish, maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashuvini qat’iyan cheklash bo‘yicha choralar ko‘rish kabi qator vazifalar belgilab berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech