21 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Mamlakatimizda
8 Aprel  2019 813

Majburiy ijro faoliyatidan aholi rozimi?

MIB faoliyatidan fuqarolar ko‘p shikoyat qilishadi, bu MIB o‘zini oqladimi, nima qilsa shikoyat kamayadi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ayni savol tez-tez ko‘zga tashlanadi. Fikrlar bildiriladi, takliflar aytiladi, kimdir guvoh bo‘lganini so‘zlab beradi.

Xo‘sh, bu tizim aholi ishonchini oqlay olmayaptimi?

Abdujalol Abduraximov: Kommunal xizmatlarga gaz, svet, suvga elektron to‘lov tizimi o‘rnatilsa muammo yechiladi. Masalan, telefonimiz o‘chmasligi, internetimiz o‘chmasligi  uchun har oyning oxirida to‘laymiz. Shunday to‘lov tizimini kommunal tizimga joriy qilish kerak.

Aleksandr Adasov: MIBda ishlaydiganlar hisob-kitobni (buxgalter) yaxshi biladigan, institutni bitirgan odamlarni ishga olish kerak. Bular raygaz, elektr tarmog‘i, suvsoz tashkilotlarini yugurdagi bo‘lmasligi kerak. U tashkilotlardan keladigan har qanday qarzdorlik ma'lumotlarni tekshirib, keyin chora ko‘rish kerak. Kompyuterda to‘lagan shaxsni to‘laganligi to‘g‘risida ma'lumot bor, fuqaroni ovora qilmay uyiga borib, schyotchikni ko‘rib, solishtirib, agar haqiqatdan  qarzi bor bo‘lsa, fuqaro  isbotlolmasa, Undan keyin chora ko‘rish kerak. Agar tashkilotning  aybi bo‘lsa, ularga nisbatan chora ko‘rish kerak, ya'ni jarima solish kerak. Shuni qilsa bo‘ladimi, albatta bo‘ladi. Xalq bilan muomala qilishni bilish kerak, shunda xalq  norozi bo‘lmaydi.

Pardaqul Hamroqulov: Boshida  yaxshi natijaga erishdi keyin yana boshqa tashkilotlar kabi o‘yin qilib  ketdi.

Ramizbek Saidov: MIB o‘z zimmasiga yuklatilganini, ya'ni tashkil etilgan vaqtida ko‘zlangan vazifani, qarzdorligi bo‘la turib, o‘z vaqtida to‘lov qilishdan bosh tortganlardan qarzdorlikni undirsa. Hozir esa qaerga bormang, MIBdan spravka olib keling deyishadi. Nega?

Hikmat Xidirov: MIB yaxshi ishlayapti lekin ko‘p  narsalarni oldin o‘zlari yaxshi tushunib, keyin xalqqa  tushintirishlar olib borishsa yaxshi bo‘lardi. Shartnoma qilish kerak deyishgandi. Xo‘p qilamiz, lekin shartnomadagi elektr energiyani vaqtida yetkazib berishni kim kafolatlaydi. Elektr energiya quvvati 220v bo‘ladimi?

Ko‘plab noroziliklarga yo‘g‘rilgan fikrlar orasida bu tizimni oqlayotganlar, aholida to‘lov tizimida mas'uliyatsizlikda ayblayotganlar ham bor.

Javlon Karimov: Odamlar MIB o‘zini oqlamadi, yana bir nima deb  yozadida, lekin nima asosda shunday deyayotganini o‘zi ham bilmaydi. Faqat shu feysbukda qarzdorlarning voy-dod deyishiga qarab fikr yuritadi, ya'ni na tahlil bor, na boshqasi. Aslida dod-voylar bu ijro qilinayotgan ishlarning 0,1 foizi ham emasdir. 99,9 foiz MIB faoliyati juda samarali. Eng asosiysi elektr va gazda o‘g‘irliklar kamaydi. Ko‘plab oldin bemalol kelishib yurganlar kelisholmay qoldi, elektr energiyasida uzilishlar qisqardi, faqat buni odamlar sezmaydi. MIBda bitta muammo bor: o‘zlari qilgan ishlarni ko‘rsata olmayapti, shuncha ko‘rsatkichlar, undirilgan pullar, o‘g‘irlikka qarshi harakatlar, ularga kuchli PR mutaxassis kerak. Xulosa: Agar MIB bir kun ishlamasa, butun respublikada to‘lov tizimi yomon  bo‘lib ketadi, hyech qachon bizning xalq, asosiy qismi, o‘zi hoxlab ishlatilgan xizmatlar uchun o‘z oyog‘i bilan borib pulni to‘lamaydi.

Xushnud Mirzaev: Odmlarni umuman hurmat qilmaydi, ular bilan ishi yo‘q. Faqat burin qonatish odamlarni qaqshatish. Ular odamlarni ogohlantirib to‘lamasa keyin chora ko‘rishni o‘rniga poylab jarimaga tortadi. Xullas, bularni tekshirib qaytadan o‘rganib chiqish kerak.

Alijon Sadikov: Haqiqatda  yaqinda MIB  xodimi keldi.  Elektrdan qarzimiz yo‘q, lekin ogohlantirmay elektrni uzib qo‘yibdi. Shartnoma qilish kerak ekan. Ha shuni ogohlantirib qo‘ysa  bo‘ldi, shuning kasriga bir kun korxonamiz elektrsiz qoldi.

Fuqarolar bu borada o‘z takliflarini ham bildirmoqda.

Po‘lat Dadajonov: MIB xodimlari iste'molchini to‘latish chorasini o‘ylamasdan, menimcha,   iste'molchilarning haq-huquqini  himoya ham qilishi kerak deb o‘ylayman. O‘z vaqtida gaz,  suv, elektrni uzluksiz ta'minlashni ham nazorat qilishi kerak. Kerak bo‘lganida iste'molchilarni elektr, gaz, suv  bilan ta'minlovchi tashkilotlarni ham javobgarlikka tortib iste'molchilarga imtiyozlar berib, xolislik bilan ish ko‘rsa, shundagina adolatli byuro bo‘ladi.

Zuhra Nasritdinova: MIB xodimlaridan shikoyat bo‘lmasin desangiz ishchilarning o‘tmishini tekshiring.

Ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri MIBga oid ism-sharif va ma'lumotlarni ham keltirgan.

Jasurbek To‘xtaboev: MIB degan tashkilotga qonunni biladigan xodimlarni ishga olish kerak, ular qonun emas, buyruq bo‘yicha ishlashyapti, xolos.

Bek Ahmedov: Bir yilligini  oldindan, to‘lab qo‘ysang xam,  MIBdan yozilgan qog‘oz keladi. Borib aniqlamasang,  sud xarajatlarining  narxini chiqarib qo‘yadi.To‘lagan qog‘ozini ko‘rsatsang,  sudga borib,  ular chiqargan jarimani otmen qilib keling deydi. Sud otmen qilmaydi.

Kommunal idora bilan MIB bir biriga to‘g‘ri ma'lumot berolmasa,  odamlar aybdormi?

Munosabatlardan ko‘rinib turibdiki, ovoragarchiliklar ham bor.

Arslonbek Salaev: Foydalandingizmi to‘lang. Svetni, gazni, suvni va boshqa to‘lovlarni.

Albatta, fikrlar shaxsiy. Har kim o‘z so‘zini aytish, taklif bildirish huquqiga ega. Bu kabi fikr va qarashlar inobatga olinsa, ehtimrl noroziliklar ham barham topgan, muammolar kamaygan bo‘larmidi? Hyech kim shunchaki gapirmaydi.

Bu masalaga mutasaddilar nima derkin?

Barno Meliqulova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech