17 Fevral 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,2 °C

Urbanizatsiya
18 Dekabr  2018 409

Kichik ko‘rinayotgan ulkan ish

Kelajakda poytaxtimizni bundanda rivojlantirish borasidagi harakatlar bugundan boshlab yuborilgan. Bunda bosh shahrimizni katta suzishga chog‘langan kemaga qiyoslash mumkin. Turgan gapki, xaritasiz, harakatlar rejasisiz buning iloji yo‘q. «Toshkent-2025: transformatsiya» loyihasi taqdimoti amalda ana shu vazifalarni bajarib beradi.

Uning doirasida uzoq muddatga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi. Mazkur loyihaning «Urbanistika markazi» jamoat fondi tomonidan amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu birlashma byudjeti – homiylik ko‘magi, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi.

Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jaevning aytishicha, aniq rivojlanish rejasi va uni amalga oshirishning shaffof baholash indikatorlariga ega bo‘lmasdan yaxshi natijalarga erishish mushkul. Shunday qilib, shahar ma’muriyati loyihani ishga tushirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Loyiha taqdimotida ishtirokchilarning kelajakda qanday hodisalarni kutayotganiga oldindan nazar tashlash imkonini berdi. Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jaevning aytishicha, aniq rivojlanish rejasi va uni amalga oshirishning shaffof baholash indikatorlariga ega bo‘lmay turib, ko‘zga ko‘rinarli natijalarga erishish mushkul. Shunday qilib, shahar ma’muriyati loyihani ishga tushirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Loyiha rahbari ham kelgusida shahar xizmatlari va aholisining bu ishga jalb etilishi muhim ekanini qayd etdi. Chetdan qaraganda, shaharni yaxshilash, aholisiga yanada qulayliklar yaratish, sayyohlarni o‘ziga jalb qiluvchi markazga aylantirish oddiydek tuyuladi. Aslida buning zamirida inobatga olinishi kerak bo‘lgan jihatlar juda ko‘p.

2025-yilgi poytaxt

Hokimiyat qoshidagi Jamoatchilik kengashi raisi Hikmat Abdurahmonov 2025-yilgi Toshkentni quyidagicha tasvirlaydi: «Bu investitsiyalar va turistlarni o‘ziga jalb qiluvchi, tarixiy va madaniy meroslarga hurmat-e’tiborli, aholi va atrof-muhit haqida qayg‘uruvchi zamonaviy shahar bo‘ladi. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tajribasi boshqa hududlarga yoyilib boradi».

Loyihada olti yo‘nalish mavjud: ma’muriy islohot, iqtisodiy strategiya, shaharni rejalashtirish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish xo‘jaliklari, ijtimoiy soha va o‘ta muhim hisoblangan ekolgogiya. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha iqtisodchi Yuliy Yusupov batafsil so‘zlab berdi. Hokimiyat ishini tahlil qilib, teskari aloqa va jamoatchilik nazoratini aniqlash talab etiladi. Ekspertning aytishicha, fuqarolik muhitini isloh qilishda ijtimoiy fikrning roli juda muhim.

Tashabbus doirasidagi ishlar bir necha bosqichda bajariladi. Birinchisida mutaxassislar jamoasini shakllantirish, uslublarni aniqlash, ma’lumotlar yig‘ish amalga oshiriladi. 2025-yilgacha yagona rivojlanish strategiyasining so‘nggi bosqichga qadar turli sohalar vakillari bilan ulkan ishlarni amalga oshirish talab etiladi.

Shuningdek, tadbirda poytaxtni rivojlantirishda fuqarolar va shahar ma’muriyati o‘rtasida yaqin aloqani yo‘lga qo‘yish g‘oyani ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Poytaxtda taxminan uch million aholi yashaydi. Ularning bari mazkur loyihaga aloqador va bundan manfaatdor. Aholiga shunday qulaylik darajasi yaratilishi kerakki, istalgan kishi chin yurakdan: «Ha, men o‘z shahrimni sevaman!», deb yuborsin.

Hozir boshqacha

Taqdimot jarayonida jurnalistlar savollar berishdi. Ularning deyarli har birida poytaxtda hali yechimini topishi kerak bo‘lgan muammolar ko‘pligi ta’kidlandi. Jamoatchilik kengashi vakillari buni inkor etib o‘tirishmadi, aksincha, muammolar ro‘yxatiga qo‘shimchalar qilishdi. To‘g‘ri, uzoq vaqt gapirish mumkin, biroq harakat vaqt va moliyaviy sarflarni talab etishi aniq. Tashabbuskor kadrlar ham zarur. Atrof-muhitni asrab-avaylash, shahar ko‘rinishini yangilash, nogironlar uchun zarur qulayliklar yaratish, «yashillik»ni saqlab qolish, sayyohlik ob’ektlarini rivojlantirish ham kun tartibidan chetda qolgani yo‘q.

«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti eksperti skiperlarga zaldan turib murojaat qildi. Mazkur birlashma o‘z navbatida O‘zbekistonning 2035 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modelini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashishga e’tiborini qaratgan. «Bu «Oqqush, qisqichbaqa va cho‘rtan baliq» masalidagiga o‘xshab, har kim o‘z tomoniga torta boshlashiga olib kelmaydimi?», degan mantiqiy savol ham o‘rtaga tashlandi. «Urbanistika markazi» tomonidan ijobiy kutib olingan hamkorlik to‘g‘risidagi taklif ham tushdi.

Loyiha jamoasi

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, ilgari ham xorijlik ekspertlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga poytaxtni rivojlantirish strategiyasi kabi faoliyatlarga to‘la erkinlik berishning imkoni bo‘lgan. Biroq bu ish mahalliy kadrlarga ishonib topshirilgan. Buning ham foydasi bor, albatta, kelgusida bunday loyihalar bilan ishlashda va o‘z yo‘lini mustaqil tanlashda orttirilgan tajribaning qo‘l kelishi aniq. Axir, kimdir kelib, ishimizni qilib berishini uzoq kutib o‘tirish ham mumkin. Yoki xalqaro tajriba va xususiy qarashlarimizni jamlagan holda keng miqyosli vazifalarni o‘zimiz bajarishga kirishishimiz kerak. Nega bo‘lmas ekan?

Jamoa mutaxassislaridan biri jurnalistikada, ilmiy-tadqiqot loyihalari va tadbirkorlikda yaxshigina tajriba orttirgan. O‘zi Toshkentda tug‘ilgan va barcha o‘zgarishlar uning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. O‘zgarishlarning bevosita guvohi sifatida hokimiyat qoshidagi Jamotachilik kengashi eksperti yangi loyihada ham ishtirok etishga qaror qildi.

- Turli kasb egalaridan jamoa shakllantirishimiz kerak, - deydi «Toshkent-2025: transformatsiya» loyihasi muvofiqlashtiruvchisi Valentina Prokofeva. – Bu muntazam tarkib yoki taklif etilgan ekspertlar ham bo‘lishi mumkin. «Urbanistika markazi» - hokimiyat va boshqa muassasalar bilan yaqin hamkorlik qiluvchi mustaqil tashkilotdir. Unda shaharni rivojlantirish bo‘yicha, poytaxtda amalga oshirilayotgan boshqa dasturlarni takrorlamaydigan va ularga zid kelmaydigan tavsiyalar ham ishlab chiqiladi.

«Urbanistika markazi» jamoat fondining ilk loyihasi o‘zgarishlar jarayonini tezlashtirib yuborishi mumkindir balki. Buning uchun barcha shart-sharoit yetarli.

Yulianna Moroz.

Rashid Galiev olgan surat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech