21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

Mamlakatimizda
9 Noyabr  2019 615

Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi

“Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (08.11.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanib, O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (12.11.2014 y.) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Qoidalarda, jumladan quyidagilar belgilandi:

- maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil qilish tartibi;

- qattiq, suyuq, yirik gabaritli va qurilish chiqindilarini yuklash hamda tashish tartibi;

- maishiy chiqindilarni poligonlarga (chiqindixonalarga) joylashtirish tartibi;

- chiqindi tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash tartibi;

- ixtisoslashtirilgan transport vositasi va uning ekipajiga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech