14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,9 °C

Mamlakatimizda
18 Iyun  2019 763

Mahsulot taqsimoti bo‘yicha bir qator funksiyalar Energetika vazirligiga berildi

Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi (2019 yil 17 iyun, 503-son). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Qaror bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJning amalga oshirilayotgan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bir qator bitimlar bo‘yicha funksiyalari Energetika vazirligiga berildi.

Unga ko‘ra, Energetika vazirligi:

- mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi uchun mas'ul bo‘lgan davlat boshqaruvi respublika organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 

- bitimlarda nazarda tutilgan tartibda investorlar tomonidan majburiyatlar va ishlarni bajarish jadvallari ijro etilishi ustidan nazorat qilinishini ta'minlaydi.

Shuningdek, qaror bilan Energetika vazirligi huzuridagi Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhning asosiy vazifalari belgilandi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech