26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,6 °C

Energetika
3 Aprel  2020 933

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar asosiy hamkorimiz

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati sanoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish hajmini oshirdi.

2020-yilning yanvar-mart oylari davomida Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Muborak, Sho‘rtan, Ustyurt, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarining ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan umumiy qiymati 200 milliard so‘mga yaqin turli xildagi yoqilg‘i moylash materiallari, elektrotexnika buyumlari, metall buyumlar, neftgaz uskunalari, maxsus kiyimlar mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilindi.

Shuningdek, kislorod va propan ballonlarini ta’mirlash, o‘lchash uskunalari va avtomobil tarozilariga texnik xizmatlar ko‘rsatish, metrologiya xizmati, turli hajmdagi qurilish-montaj ishlari kabi xizmatlarning ham O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Undan tashqari Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi tarmoq qurish, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida modernizatsiya ishlari, «Uchqir» konida yangi qurilma qurish loyihalari doirasida mahsulot va xizmatlarni ichki bozordan xarid qilish hajmi ham kengaytirilmoqd, deb xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech