20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Ijtimoiy hayot
6 Fevral  2019 2006

Magnitorgorskda 8 kishini qutqargan Olamafruzga Tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovg‘a topshirildi

O‘zbekistonning Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasida Olamafruz Abdullaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, Bosh konsulxonadagi uchrashuvga Rossiyada vaqtinchalik bo‘lib turgan hamyurtlar, jumladan, oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek, Sverdlovsk viloyatidagi o‘zbek diasporasi rahbari Zokir Allabergenov ham taklif etilgan.

“Uchrashuv yakunida Olamafruz Abdullaevga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovg‘a va mamlakatimizning yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi faxriy yorlig‘i topshirildi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan uning 7-fevralda uchib ketishi uchun yekaterinburg-Toshkent reysiga bepul bilet ajratildi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning so‘nggi kunida Magnitogorsk shahrining Karl Marks ko‘chasida maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning pod’ezdlaridan biri qulab tushishi oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan edi. Voqyea joyiga qutqaruvchilardan oldin o‘zbekistonlik Olamafruz Abdullaev yetib kelib, sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam bergan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech