18 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,7 °C

Madaniyat
13 Mart  2019 455

Madaniyat vaziri Malayziya davlati turizm, san'at va madaniyat vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Malayziya davlatiga bordi va ushbu davlat turizm, san'at va madaniyat vaziri Muxammadin Kitabi bilan uchrashdi.

Tashrifning asosiy maqsadi bu madaniy turizmni rivojlantirish, madaniy meros, shuningdek, O‘zbekistondagi Islom tarixi bilan bog‘liq madaniy merosni saqlash va ularni o‘rganishda hamkorlik qilish, AYSeSKO tashkiloti doirasida hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Malayziyadan tashrif buyurgan sayyohlar uchun madaniy tadbirlar tashkil etilishi xususida so‘z bordi. 2020 yil Buxoro shahri Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilinganligi munosabati bilan, o‘sha  yilda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi asosida Islom ulamolari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy konferensiyada Malayziya vakillarining faol ishtirokini ta'minlash, Malayziyada Islom tarixi va madaniyatiga bog‘liq O‘zbekistonda saqlanayotgan eksponatlar ko‘rgazmasini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazir Malayziyadagi madaniyat va san'at sohasidagi  maskanlar, xususan, san'atshunoslik instituti, muzeylar faoliyati bilan tanishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech