23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,5 °C

Mamlakatimizda
26 Mart  2019 1111

“Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qarori (236-son, 20.03.2019 y.) bilan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga muvofiq, ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san'ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 1-oktyabrga qadar hududiy madaniyat boshqarmalariga taqdim etiladi.

Madaniyat  vazirligi nomzodlarning hujjatlarini o‘rganib chiqib, har yili 1-dekabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqaradi.

Ko‘krak nishoni Yangi yil bayrami arafasida madaniyat vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech