29 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Mamlakatimizda
21 Yanvar  2020 1036

«Mahalla» xayriya jamoat fondi rahbari o‘zgardi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Videoselektor shaklidagi yig‘ilishda respublika va hududiy mahallalar kengashlari a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi qaroriga ko‘ra shu paytga qadar Kengash raisining birinchi o‘rinbosari – «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkat Javlonov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga shu paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Rahmat Mamatov respublika mahallalar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi etib tasdiqlandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdulla Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Rustam Qosimov ishtirok etmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech