09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Energetika
14 Noyabr  2019 603

Lukoyl kompaniyasi tarqalgan video bo‘yicha surishtiruv ishlari olib bormoqda

«LUKOYL O‘zbekistan Opereyting Kompani» matbuot xizmatining xabar berishicha, internetda tarqalgan, 29-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi «Jarquduq» gaz tayyorlash majmuasida ro‘y bergan holat aks etgan videomaterial bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlari olib borildi.

 

O‘rganish natijasida, 110 ming volt yuqori kuchlanishli «Jarquduq» podstansiyasida elektromonterlar brigadasi tomonidan olib borilayotgan ishlar chog‘ida uchastka boshlig‘i rahbarligida brigadaning o‘limi, qimmatbaho uskuna va butun ob'ektning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnika xavfsizligi talablari qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi.

Bu bosh energetik I.A. Shilov tomonidan aniqlanib, shundan so‘ng podstansiadagi ishlar tasdiqlangan qoidalarga muvofiq holatga keltirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.

Yo‘riqnomaga amal qilmaslik oqibatida o‘z qo‘l ostidagi ishchilarining hayotiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan fojeali oqibatlarni anglagan holda I.A. Shilov ahloq-odob me'yorlaridan chetga chiqib, mahalliy va xizmat safaridagi ishchilar sha'niga qo‘pol so‘zlarni aytgan.

Hozirgi vaqtda kompaniyada ichki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan I.A. Shilov «LUKOYL» OAJ (Moskva)ning ishbilarmonlik etikasi bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishiga chaqirtirilgan. Tekshiruv natijalari bo‘yicha mazkur holatning barcha ishtirokchilariga nisbatan aybdorlik darajasini hisobga olgan holda va korporativ talablarga muvofiq ma'muriy jarima choralari qo‘llaniladi.  

Ishchi-xodimlar va aholi xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta'minlash bo‘yicha jamiyat oldidagi mas'uliyat darajasini anglagan holda LUKOYL o‘z ish faoliyatida sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi yuqori standartlarga amal qiladi, belgilangan qoidalarga rioya qilinishi ustidan jiddiy nazorat o‘rnatgan. Zero, insonlar LUKOYLning bebaho qadriyatidir, deyiladi kompaniya xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech