05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Mamlakatimizda
15 May  2020 339

Loyiha onlayn muhokamasi

13-may kuni Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi loyihasining videokonferensaloqa shaklidagi xalqaro muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ochib berdi.

Muhokamada BMTning Oʻzbekistondagi Doimiy koordinatori Xelena Freyzer, BMT Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi (IHOKB) masʼul xodimi Natalya Kuzmina hamda IHOKBningMarkaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlimi boshligʻi Rishard Komenda, YEXHTning Oʻzbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisining Insoniylik mezonlari loyihalari boʻyicha maslahatchisi Matye Lemuan, BMT va YEXHTning xalqaro eksperti Georgiy Tugushi, Oʻzbekistonning Jeneva shahridagi Doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov, shuningdek BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi hamda Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi loyihasini xalqaro ekspertiza qilish maqsadida oʻtkazildi. Keyingi vaqtda mazkur hujjat loyihasi milliy va xalqaro miqyosda keng muhokama qilindi. Ana shu muhokamalar jarayonida 100 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlar, BMT va uning Agentliklari, YEXHT kabi xalqaro hamkorlardan amaliy takliflar olindi.

Xalqaro muhokama ishtirokchilari Milliy strategiya hamda uni amalga oshirishning “Yoʻl xaritasi” loyihalari toʻgʻrisida fikr yuritib, ushbu hujjatlarga ijobiy baho berdilar.

BMT vakili X.Freyzer Strategiyaning maqsadi inson huquqlari boʻyicha milliy tizimni shakllantirish ekanligini qayd etdi. U shuningdek, hozirgi pandemiya sharoitlarida “parlament, fuqarolik jamiyatini institutlari ishtirokida COVID-19 pandemiyasi va inson huquqlari” mavzusida anjuman oʻtkazish taklifini bildirdi.

IHOKBning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlimi boshligʻi R.Komenda hozirgi pandemiya sharoitlarida, uning salbiy oqibatlari bilan bir qatorda, undan ijobiy jihatlarini topishga harakat qilish kerakligi xususida toʻxtaldi. Misol uchun, bunday sharoitlarda, yangi axborot texnologiyalardan foydalanib, bugungidek tadbirlarning tezlik va ortiqcha resurslarsiz oʻtkazilishi loyihaning sifatini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

BMT va YEXHT eksperti G.Tugushi Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi” loyihalari mukammal ishlanganligi, sodda va tushunarli tilda yozilganligi, strategik ahamiyatga egaligi, qisqa muddatga moʻljallanmasdan, balki inson huquqlari sohasida istiqbolli rejalar belgilab olinganligiga eʼtiborni qaratdi.

G.Tugushi, shuningdek loyihani xalqaro formatga muvofiqlashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berganligini va kelgusida ushbu hujjat boshqa davlatlar, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun namuna boʻlishi mumkinligini bildirdi.

Oʻzbekistonning Jenevadagi Doimiy vakili U.Lapasov kelgusida Jenevada xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning diplomatik korpusini jalb etgan holda, mazkur Milliy strategiya taqdimotini oʻtkazish maqsadga muvofiqligini bildirdi, deb xabar beradi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech