19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Mamlakatimizda
24 Yanvar  2019 1233

Loyiha boshqaruvi agentligi kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalaydi

Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Kripto-birja — kripto-aktivlarni ayirboshlash, sotib olish va sotish uchun elektron maydoncha taqdim etadigan tashkilotdir.

Kripto-aktiv — qiymatga ega va egasi bo‘lgan blokcheyndagi qaydlar majmuasi, blokcheyn esa — barcha ma’lumotlar ketma-ket qayd qilinadigan va bloklar bo‘yicha joylashtiriladigan taqsimlangan ma’lumotlar reestri.

Kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya faqat chet el yuridik shaxslariga, nomuayyan muddatga beriladi.

Litsenziyalar elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi, litsenziyalovchi organ rahbarining, u bo‘lmagan taqdirda uning o‘rinbosarining raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va litsenziat so‘roviga ko‘ra qog‘oz shaklda beriladi.

Qog‘oz shaklda litsenziya berilgan taqdirda, ular belgilangan shakldagi maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.

Litsenziya berganlik uchun litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech