30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
24 Mart  2020 372

Yuz niqoblari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi

Moliya vazirligi yuz niqoblari Tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilishi munosabati bilan, ularni olib kirish, ishlab chiqarish, tayyorlash va realizatsiya qilishda soliqqa tortish bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.

Yuz niqoblari Tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilishi soliqqa tortish masalasi bilan bog‘liq bo‘lmaganligi, ularni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish ko‘zlanganligini uchun mazkur buyumlar Tibbiy buyumlar sifatida ta'riflanib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.  

Yuz niqoblarni bepul berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan holat hisoblanib, ushbu aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi, deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech