09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Mamlakatimizda
1 Iyun  2020 594

Yozda qanday havo kutiladi?

Bu yil issiq erta boshlangani sababli koʻpchilikni yozda harorat qanday boʻladi degan savol qiziqtirmoqda, haqiqatdan ham yoz juda issiq keladimi?

Yoz fasli uchun aniq ob-havo prognozlarini sizga hech kim bermaydi va bu sinoptiklarning “yomon” ishlashi bilan bogʻliq emas.

Bu yil mavsumiy prognozlar ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan Jahon ob-havo markazlari maʼlumotlariga koʻra kirib kelgan yozda sayyoramizning katta qismida haroratning musbat anomaliyasi (yaʼni meʼyordan yuqori harorat) bilan bogʻliq sirkulyatsiya rejimlarining ustun kelishi kutilmoqda.

Konsensus prognozga koʻra 2020-yil yozda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikistonda, Qozogʻistonning janubiy, gʻarbiy, sharqiy mintaqalarida 40% ehtimol bilan harorat fonning meʼyordan yuqori boʻlishi kutilmoqda.

Bu yilgi yoz ushbu qatorga kirmaydi deb taxmin qilishga hech qanday asos yoʻq. Shuning uchun bu yilgi yoz issiq boʻlishi ehtimolga yaqin, biroq iqlimiy tizim xususiyatlarini eʼtiborga oladigan boʻlsak, bu 100 foizli prognoz emas.

Bundan tashqari umumiy tavsif mavsum davomida qanday muayyan harorat qiymatlari kuzatilishi toʻgʻrisida tasavvur bermaydi. Yozning uch oyi davomida issiq haroratning sustlashishi, yoki bir oy juda issiq boʻlib, qolgan ikki oy davomida harorat meʼyorga yaqin boʻlishi mumkin.

Ish haftasi davomida harorat koʻtarilib, 38-40 darajaga, mamlakatimiz janubi va choʻl zonasida ayrim joylarda 43 darajagacha yetadi. Dam olish kunlari harorat biroz pasayadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech