12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Dolzarb
4 Sentyabr  2019 598

Lena daryosi juda sayozlashib ketdi

Yoqutistonda Lena daryosining o‘ta sayozlashib ketishi sababli favqulodda holat e'lon qilindi, deya xabar beradi hudud rahbariyati ma'muriyati matbuot xizmati ma'lumotiga tayangan РИА «Новости».

31 avgustda Yoqutiston rahbari Sardan Avksenteva daryoda suv sathining juda pasayib ketishi tufayli shahar hududida favqulodda vaziyat rejimini joriy etdi. Lena daryosi shu tarzda sayozlashishda davom etsa, Yoqutiston poytaxtida uzluksiz suv ta'minotiga xavf tug‘ilishi mumkin.

Yoqutiston hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Kolodeznikovning aytishicha, Lena suv sathining keskin pasayishi har 10-12 yilda kuzatiladi. Shu kabi suv sathining keskin pasayib ketishi 1985 yilda kuzatilgan.

Agar suv sathi shunday qolsa, Lena daryosi qishda tubiga qadar muzlashi mumkin. Hukumat shaharni suv bilan ta'minlash uchun suv olish hududi tubini chuqurroq qazish ishlarini amalga oshirish haqida o‘ylamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech