19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Dolzarb
11 Fevral  2019 1417

Los-Andjelesda «Gremmi» sovrindorlari aniqlandi

Ushbu nufuzli musiqiy mukofotga yildan-yilga munosibroqlar taqdim etilmoqda. 2019-yilda esa u 61-bor o‘tkazildi.

Donald Gorverning «This Is America» ashulasi «Yil qo‘shig‘i», deb tan olindi. Eng zo‘r ijrochi - Ledi Gaga.  Xonanda va aktyor Bredli Kuperlar «Yulduz tug‘ildi» filmidagi «Shallow» qo‘shig‘i uchun eng yaxshi pop-duet mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Darvoqe, ushbu kompozitsiya «Kino va televidenie uchun yozilgan eng yaxshi qo‘shiq» nominatsiyasida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Keysi Masgreyvsning «Golden Hour»i yilning eng yaxshi albomi, deya tan olindi.

Sovrinlarning to‘liq ro‘yxati bilan musiqiy mukofotning o‘z saytida tanishish mumkinligi ham keltiriladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech