17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,8 °C

Mamlakatimizda
10 Aprel  2019 1051

Toshkentda birinchi xalqaro landshaft festivali o‘tkaziladi

Toshkent shahar hokimligi betakror landshaft yaratish g‘oyasi va loyihasi bor ijodkorlarni yangi festivalga chorlaydi, deb yozmoqda hokimlik matbuot xizmati.

 

Joriy yilning 3-5-may kunlari poytaxtimizda LANDSHAFT OPEN.uz landshaft san’atiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro festival bo‘lib o‘tadi.

Festivalda landshaft, dizayn, arxitektura, floristika kabi ushbu sohani qamrab oluvchi barcha yo‘nalishlardagi imkoniyatlar, mutaxassislarning g‘oyalari va salohiyati namoyish etiladi.

Mazkur festival doirasida ko‘plab ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Jumladan, landshaft dizaynidagi eng yangi taqdimlar namoyishiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi.

Ayni kunlarda esa “Toshkent shahri hududidagi eng yaxshi landshaft dizayni bo‘yicha talabalar loyihasi” tanlovi boshlandi.

Tanlov 25-aprelga qadar davom etadi va uning natijalari landshaft.uz saytida e'lon qilinadi. Unga arxitektura, qurilish, landshaft va dizayn yo‘nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar shahrimiz qiyofasini yanada yaxshilashga oid loyihalarini taqdim etishlari lozim.

Festival 3-5-may kunlari Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining atrofida soat 9:00dan 22:00gacha bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech