09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Xavfsizlik
12 May  2020 1625

“Lacetti” va motoroller toʻqnashdi

“Lacetti” va motoroller ishtirokidagi YTH oqibatida motoroller haydovchisi vafot etdi.

2020-yil 11-may soat 16:30 da Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani “Oqkamar” mahallasi hududidan oʻtuvchi 4K-592 avtomobil yoʻlining 6-kilometrida fojiali YTH sodir etilgan.

“Lacetti” rusumli avtomashinasi qarama-qarshi yoʻnalishiga chiqib ketib, ushbu yoʻnalishdan kelayotgan motoroller bilan toʻqnashgan.

Natijada motoroller haydovchisi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Shoʻrchi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech