23 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Kеyingi avlod
11 Aprel  2019 654

Qaysi o‘qishga kirsam ekan?

Qaysi o‘qishga kirsam ekan? Qanday mutaxassislikka o‘qisam bo‘ladi? Qabul shartlari-chi? Bu savolni barcha maktab, litsey, kollej o‘quvchilari o‘ziga beradi va ularning ota-onalari ham qaysi OTMni tashlashni bilmay bosh qotadi.

 

Ana shunday savollarga O‘zbekiston Rus madaniy markazi hamkorlar bilan birgalikda tashkil etadigan Ochiq eshiklar kuni tadbirida javob olish mumkin.

Tadbir joriy yilning 19-aprelida soat 11 da «Le Grande Plaza» (sobiq Tata)da bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya Federatsiyasining o‘n bitta oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etadilar. Ular orasida – Novosibirsk davlat agrar universiteti va Sibir iste'molchilar kooperatsiyasi universiteti (Novosibirsk sh.), Irkutsk milliy tadqiqot texnika universiteti, Uzoq sharq federal universiteti (Vladivostok sh.),  Uzoq sharq davlat tibbiyot universiteti (Xabarovsk sh.) Ural davlat agrar universiteti (Yekaterinburg sh.) Udmurt davlat universiteti (Ijevsk sh.) Janubiy federal universitet (Rostov sh.), Shimoli-sharqiy federal universitet (Yakutsk sh.)lar bor.

Ochiq eshiklar kuni tadbirida prorektorlar, xalqaro bo‘limlar va ushbu OTMlarning ta'lim xizmatlarini ilgari surish bo‘limlari rahbarlari, kafedra mudirlari va o‘qituvchilar ishtirok etadi.

Ular o‘qitiladigan mutaxassisliklar, talabalar uchun universitet va institutlarda yaratilgan sharoitlar, o‘qitish jarayonining tashkil etilishi, abiturientga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma'lumot beradilar. Bu yerda sof maishiy mazmundagi savollarga ham javoblar olish mumkin. Masalan, yotoqxonalar, yashash uchun to‘lovlar va boshqa narsalar haqida.

Shuningdek, abiturientlarga kelgusida to‘g‘ri tanlov qilishiga yordam beradigan axborot mazmunidagi bukletlar va boshqa adabiyotlar ham taqdim etiladi. O‘qishga kirish mumkin bo‘lgan barcha OTM haqidagi axborotni Ochiq eshiklar kuni tadbirida olish mumkin.

Barcha istovchilarga kirish erkin tartibda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech