16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,9 °C

Sport
18 Yanvar  2019 2002

O‘zbekiston guruhni ikkinchi o‘rin bilan yakunladi

O‘zbekiston hamda Yaponiya terma jamoalari Osiyo Kubogi 3-tur uchrashuvini o‘tkazishdi. Ikkala jamoa ham pley-off bosqichi masalasini hal qilganligi boiz bo‘lsa kerak asosiy futbolchilarini zaxirada qoldirishdi. Ikki terma jamoalari futbolchilari ham o‘yinni ehtiyotkorlik bilan boshlashdi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida Eldor Shomurodov yaponiyalik himoyachilardan chiroyli tarzda o‘tib ketib hisob ochdi. Ammo 43-daqiqada Yaponiya terma jamoasi vakillari qanotdan uyushtirilgan hujumni gol bilan yakunlashib hisobni tenglashtirdi, gol muallifi Muto. Shu tariqa jamoalar 1:1 hisobi bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda yaponlar hujumni kuchaytirishdi va 58-daqiqada hisobni 2:1 ga oshirishdi. Tema jamoamiz vakillari qancha hujum uyushtirishiga qaramasdan Hisob o‘zgarmadi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Ummon – Turkmaniston o‘yinida 3:1 hisobi qayd etildi va umonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur natijalardan so‘ng guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi, Yaponiya (9 ochko bilan)birinchi, O‘zbekiston (6) ikkinchi, Ummon (4) uchinchi va Turkmaniston (0) to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech