29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Dolzarb
16 Iyul  2020 1310

Koronavirus hali chekinmoqchi emas

Yevropa Komissiyasi aholini grippga qarshi ommaviy emlashga chaqirmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad kuzda gripp va COVID-19 epidemiyasining yangi toʻlqini bir vaqtda avj olishining oldini olish, deb xabar beradi DW.

Guardian ning xabar berishicha, Eron rasmiylari 140 nafar tibbiyot xodimi koronavirusdan vafot etgani va 5 000 shifokor virus yuqtirgani haqida maʼlum qildi. “Amnesty International” tashkilotining hisobotiga koʻra, dunyo miqyosida kamida 3 000 nafar tibbiyot xodimi koronavirusdan vafot etgan.

Tokio gubernatori Yuriko Koike Olimpiya oʻyinlari 2021-yilda «hozirgi qiyin vaziyatni yengib oʻtishda butun dunyo birlashishining ramzi» sifatida oʻtishi lozimligini taʼkidladi, deb xabar beradi Reuters.

Al Jazeera tarqatgan xabarga koʻra, Hindiston mamlakatda koronavirusning yangi holatlari keskin ortib borayotgani sababli dunyoning boshqa koʻplab mamlakatlari va shaharlari qatori karantin choralarini qayta tiklamoqda.

Xitoy iqtisodiyoti soʻnggi oʻn yillikdagi eng yomon uch oylik davrdan soʻng yana oʻsmoqda — bu koronavirusdan keyingi global tiklanish uchun yaxshi omil boʻlib xizmat qilishi mumkin, deb xabar beradi CNN.

Le Figaro da xabar berishicha, Fransiyalik shifokorlar COVID-19 ni ilk homila ichida yuqtirish holati toʻgʻrisida maʼlum qilgan. Chaqaloq mart oyida Klamara universiteti kasalxonasida tugʻilgan va koronavirus kasalligi bilan bogʻliq nevrologik alomatlar kuzatilgan.

Qozogʻiston Tojikistonga 100 dona sunʼiy nafas olish uskunasini berishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Avesta.tj

Dunyo miqyosida pandemiya boshlangandan buyon 13,6 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Virus tufayli 586 mingdan ziyod odam hayotdan koʻz yumdi, 8,1 million nafar bemor sogʻaydi, deb xabar beradi Worldometers.

Xuddi oʻsha manbaning xabar berishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarida koronavirus yuqishi tasdiqlangan holatlar soni kuniga 3 058 taga oshgan va umumiy kasallanganlar soni 98 952 taga yetgan.

Kaliforniya shtatida karantin choralarini qayta kuchaytirgan sharoitda seshanba kuni koronavirus infeksiyasidan eng koʻp zararlanish holati qayd etildi: bir kunda 11 000 ta holat, deb xabar beradi LA Times.

Bloomberg da maʼlum qilinishicha, Indoneziya hukumati Janubi-sharqiy Osiyodagi eng yirik koronavirus epidemiyasining oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlarni kuchaytirishi boʻyicha yangi qonunga muvofiq ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilmaganlarni jarimaga tortishni rejalashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech