25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Bilasizmi?
7 Mart  2019 2372

Britaniyada o‘g‘ri mushuk uyiga pul solingan qopchani ko‘tarib keldi

Xabarda aytilishicha, Teo laqabli momiq mushuk qo‘shnilarnikidan turli narsalar, ruchka, Rojdestvo bayrami bezaklari, telefon quvvatlantirgichlarni uyga olib keladigan odat chiqargan.

 

BBC ma’lumotida aytilishicha, uning egasi, uy bekasi Reychel Drue doim «faqat uyga pul ko‘tarib kelishi qoldi», deb hazillasharkan.

Oila ko‘chib o‘tgan uyda bir kuni ertalab ichida 26 funt (34 AQSh dollari atrofida) puli bo‘lgan plastik qopchani topib olishdi. Ichidan xat ham chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu sut keltiruvchiga atalgan pul ekan. Mushukning egalari pulni egasiga qaytardilar. Reychel Drue tashimachi mushugi borligini yangi qo‘shnilarning bilib olgani yaxshi bo‘ldi, deb hisoblamoqda.

Biolog Rojer Tabor jonivorning kleptomaniyaga (o‘g‘rilikka) moyiligi uning onasidan erta ajratib olingani sabab bo‘lgan, demoqda. Onasi unga tirik o‘ljani tutishni o‘rgatishga ulgurmagan. Shu bois katta bo‘lgach, insonlarga tegishli narsalarni «ovlash»ni boshlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech