17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,8 °C

Mamlakatimizda
18 Iyun  2019 772

Koson tumanida fuqaroning salkam 2 mln. 300 ming so‘m noreal qarzi bekor qilindi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi “ishonch telefoni”ga Qashqadaryo viloyati Koson tumani, Arabxona MFYda yashovchi fuqaro N. Unimov murojaat qildi.

Murojaatda keltirilishicha, Koson tuman gaz idorasi tomonidan fuqaroning xonadoniga noqonuniy tarzda 2 617 814 so‘m qarzdorlik hisoblangan. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati ma'lum qiladi. 

O‘rganish jarayonida ushbu qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinganida, iste'molchining xonadoniga nisbatan 2 281 098 so‘m tabiiy gaz to‘lovlari asossiz tarzda hisoblanganligi aniqlandi va Koson tumani majburiy ijro byurosi inspektorlari tomonidan noreal tarzda hisoblangan qarzdorlik xatlov asosida N.Unimovning hisobidan chiqarilishi ta'minlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech