22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,7 °C

Bilasizmi?
22 Iyun  2019 3027

Hindistonda mushuk o‘z egalarini kobradan qutqardi

Hindistonning janubida xonaki mushuk egasi uyiga kirib qolgan zaharli kobradan himoya qildi. Ushbu holat aks etgan videorolik «YouTube»ga joylashtirilgan.

Kadrda uyning dahlizidan ketayotgan mushuk kobrani ko‘rib qoladi, shundan so‘ng ular o‘rtasida kurash boshlanadi. Mukammal reaksiyaga ega uy jonivori o‘ta chaqqonlik bilan sudralib yuruvchining zarbalariga chap beradi. Oxir-oqibat jonivor ilonni tutib olib tashqariga olib chiqib ketishga muvaffaq bo‘ladi.

Ushbu olishuvga guvoh bo‘lgan uy egasi Arun Chandru darhol ilon tutuvchini chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, olishuv bo‘lib o‘tgan chog‘da uyda ilon chaqishi mumkin bo‘lgan bolalari bo‘lgan.

«Mushugimizning sho‘x va aqlli ekanini hamisha bilganman, endi esa uning yana g‘oyat jasur ekaniga ham guvoh bo‘ldim», deya uning so‘zlari keltiriladi RAA «Novosti» xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech