26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Voqea-hodisalar
2 Aprel  2020 2324

Koronavirus US OPEN 2020ga to‘siq emasmi

Tennis bo‘yicha AQSh ochiq birinchiligi tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi tufayli US OPEN 2020 chempionatini qoldirish yoki boshqa kunga ko‘chirish niyati yo‘qligini ma'lum qildi. Musobaqa avgust oxiri — sentyabr boshlariga mo‘ljallangan.

«The New York Post» turnir tashkilotchilaridan Denni Zausnerning «Biz avvalgidek, turnirni belgilangan sanada o‘tkazish rejasidamiz», — degan so‘zlarini keltiradi.

Bundan avvalroq Fransiya ochiq birinchiligining may oyidan sentyabr oyiga ko‘chirilishi ma'lum bo‘lgandi. Shuningdek, yaqin kelajakda Uimbldonnning ham bekor qilinishi haqidagi xabar e’lon qilinish ehtimoldan holi emas.

Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasining tarqalishi xavfi tufayli ko‘pgina sport tadbirlari ko‘chirilyapti yoki qoldirilyapti. COVID-19 infeksiyasi o‘tgan yilning so‘ngida Uxanda (Xitoy ) chiqqan edi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 850 mingdan ziyod kasallanganlar soni aniqlangan. 41 ming nafar o‘lim qayd etilgan. Kasallanganlar orasida esa 176 mingdan ziyodi sog‘ayib ketgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech