02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Dolzarb
23 Fevral  2020 1434

Koronavirusdan vafot etganlar soni 2442 kishiga yetdi

Xitoyda yangi koronavirus qurbonlari soni 2442 kishiga yetdi, 22 888 kishi esa shifo topgan. Bu haqda yakshanba kuni XXR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi tarqatgan bayonotda aytiladi, deb xabar berdi TASS.

Unda qayd etilishicha, so‘nggi bir kunda koronavirus tufayli 97 ta o‘lim holati qayd etilib, 2230 kishi kasalxonadan chiqarilgan. Xitoyda koronavirusni yuqtirganlarning umumiy soni 76 936 kishini tashkil etmoqda.

So‘nggi kundagi eng ko‘p o‘lim holati Xubey provinsiyasida qayd etildi — 96 ta holat. O‘tgan yilning dekabr oyida koronavirusning avj olishi qayd etilgan bu hududda hammasi bo‘lib 64 mingdan ortiq kasallanish holati qayd etilgan. Shanba kuni 1742 nafar bemor sog‘ayib, shifoxonalardan o‘z uylariga qaytgan.

Infeksiya ko‘lami sekin asta chekinmoqda. 21 ta provinsiya, avtonom tuman va Xitoyning markaziy tasarrufidagi shahar ma'muriyatlari so‘nggi 24 soat ichida yangi kasallanish holatlari umuman bo‘lmaganini ma'lum qilishgan. Bundan tashqari, ma'lumotlarga ko‘ra, besh kun ichida koronavirus keltirib chiqargan kasallikdan davolangan odamlar soni yangi zararlanganlar sonidan ancha ko‘p.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech