31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Salomatlik
7 Aprel  2020 3133

Koronavirus Jizzaxda

7-aprel soat 12:00 holatiga ko‘ra Jizzax shahrida koronavirus yuqtirib olish holati qayd etildi.

Afsuski, 7-aprel soat 12:00 holatiga Jizzax shahrida koronavirus yuqtirib olish holati qayd etildi. Hozir aniqlanashicha, bir nafar gumonlanuvchining keyingi tahlillarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni paytda mazkur 1 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana ikki nafar gumonlanuvchining keyingi tahlillari hozir tekshiruv jarayonida.

Viloyatimizda koronavirusning oldini olish borasidagi profilaktika ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Bu borada barcha zaruriy choralar ko‘rilayapti.
Viloyatimiz ahlidan vahimaga berilmasdan karantin qoidalariga qat'iy amal qilishlarini, shuningdek, faqatgina dastlab rasmiy manbalar tomonidan tarqatilgan axborotlardan foydalanishlarini so‘raymiz, deb xabar beradi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech