30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Dolzarb
19 Mart  2020 390

Koronavirus ishsizlar sonining ortishiga sabab bo‘ladi

Sinxua axborot agentligining xabar berishicha, Xalqaro mehnat tashkiloti koronavirus epidemiyasi tufayli ishsizlar soni dunyo bo‘yicha 25 million kishiga ortishi mumkinligini ma'lum qildi. Agar xalqaro hamjamiyat ushbu ofatga qarshi o‘zaro kelishgan holda kurash olib borsa epidemiyaning salbiy ta'sirini kamaytira oladi, deyiladi tashkilot e'lon qilgan ma'ruzada.

Xalqaro mehnat tashkiloti koronavirusning global ishchi kuchi bozoriga ta’sirining dastlabki hisob-kitobini e’lon qildi. Ma’ruza mualliflarining fikricha, epidemiya ishsizlar sonini yana 5,3 dan 24,7 million kishigacha oshirishi mumkin. 2019-yilda dunyoda ishsizlar soni jami 188 million kishini tashkil etgan edi.

Ma’ruzada ta’kidlanishicha, ish o‘rinlarining qisqarishi jamiyatning iste’mol qobiliyati keskin tushib ketishi bilan izohlanadi. Bu keyinroq korxonalarning rivojlanish istiqboliga va hatto butun makroiqtisodiyotga salbiy ta’sir etishi mumkin.

Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori  Gay Rayderning ta’kidlashicha, koronavirus   «bu nafaqat sog‘liqni saqlash sohasidagi global krizis, balki mehnat bozorida va iqtisodiy sohalarda ham jiddiy tanglik deganidir». Shu bois, mazkur  tashkilot dunyo mamlakatlarini epidemiyaga qarshi kurash choralarini birlashtirish va o‘zaro muvofiqlashtirishga chaqiradi, deyiladi ma’ruzada.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech