05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Dolzarb
3 Iyun  2020 510

Koronavirus dunyo boʻylab qanday kechyapti

Bir joyda kasallik davomiyligi 15 kundan 11 kunga qisqardi, yana qayerdadir xalqaro aviaqatnov tiklanish arafasida.

Janubiy Koreya koronavirusga chalingan bemorlarning davolanish vaqtini qisqartirishga yordam beradigan “Remdesivir” preparatini import qilishni maʼqulladi. Dori vositasi dunyo boʻylab kasalxonalarda klinik tajribalarda kasallik alomatlari davomiyligini 15 kundan 11 kunga qisqartirdi, deb xabar beradi BBC.

RIA Novostining xabariga koʻra, Rossiya Federatsiyasi hukumati koronavirus pandemiyasi taʼsiri sababli “pasaygan” Rossiya iqtisodiyotini tiklash rejasini taqdim etgan.

Turkiya 18-iyundan boshlab Yevropaning 6 ta davlati: Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Niderlandiya, Daniya va Shvetsiyaga xalqaro avia parvozlarni tiklaydi, deb xabar beradi AnadoluAgency

Bloomberg tarqatgan maʼlumotga koʻra, Buyuk Britaniyaga keluvchi sayyohlar uchun joriy etilgan karantin — mamlakat turizm bozoriga iqtisodiy zarar yetkazadi. Ushbu zarar 182,5 milliard dollar miqdorida baholangan.

Latviya 3-iyundan boshlab epidemiologik vaziyat xavfsiz boʻlgan Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolariga mamlakatga kirish uchun ruxsat berdi. Yevropa Ittifoqida 100 000 aholiga maksimum 15 nafar bemor toʻgʻri keladigan davlat fuqarolari ikki haftalik karantinga rioya qilishlari shart emas, deb xabar beradi US News axborot manbai.

Bloomberg axborot manbasining xabariga koʻra, Braziliyada koronavirus yuqishi boʻyicha kunlik rekord koʻrsatkich qayd etildi — bir sutkada 29 ming kishi zararlangan.

Meksika, Peru va Braziliya COVID-19 holatlarining tezkor koʻpayishiga qaramay, karantin cheklovlarini yengillashtirmoqda. JSST cheklovlarni juda tez bekor qilish vaziyatni yomonlashtirishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar beradi CNN.

Al Jazeera axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, Zoom kompaniyasi aksiyalari uch baravarga oshdi va daromad 169%ga koʻpaydi. Bunga sabab koronavirus pandemiyasi sabab videoaloqa orqali ishlash usuli va masofali ish ommalashib ketgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech