26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Xavfsizlik
14 Iyul  2020 746

Koronavirus hibsxonadan karantinga yetakladi

Giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs koronavirusga chalinganligi aniqlandi.

2020-yil 10-iyulda IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirida 38 yoshli fuqaro 0,59 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasini 500 000 soʻmga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlanib, tadbirda ishlatilgan 250 000 soʻm pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (koʻp miqdorda giyohvandlik vositasini oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha ushbu fuqaroga nisbatan tegishli modda bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Ammo dastlabki tergov jarayonida qoʻlga olingan shaxsning COVID-19 kasalligi bilan xastalanganligi aniqlanib, zudlik bilan unga nisbatan qoʻllanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi “munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat” ehtiyot chorasiga almashtirilgan va ushbu shaxs karantinga olingan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech