29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Dolzarb
15 Iyul  2020 947

Koronavirus dunyo iqtisodiyotida burilish yasaydimi?

Dunyo miqyosida pandemiya boshlangandan buyon 13,4 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Virus tufayli 581 mingdan ziyod odam hayotdan koʻz yumdi, 7,8 million nafar bemor sogʻaydi, deb xabar beradi Worldometers.

Xuddi shu manbaning xabar berishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarida koronavirus yuqishi tasdiqlangan holatlar soni kuniga 2 227 taga oshgan va umumiy kasallanganlar soni 95 894 taga yetgan.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi pandemiyaning “ikki tomonlama zarbasi” va neft narxi pasayib ketishi tufayli, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari uchun iqtisodiy bashoratini 50 yil ichidagi eng past darajasiga tushirdi, deb xabar beradi CNBC.

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun 500 million dollar ajratganligi haqida ADB xabar beradi.

Amerikaning “Moderna” farmatsevtika kompaniyasining maʼlum qilishicha, yaqin vaqt ichida insonlarda koronavirus vaksinasini sinab koʻrishning soʻnggi bosqichi boshlanadi. Ishlab chiqilgan vaksina oʻzining xavfsizligini isbotladi va birinchi bosqichda oʻtkazilgan tajribalar davomida 45 nafar koʻngillida immunitet reaksiyasini qoʻzgʻatdi, deb xabar beradi CNBC.

France24 tarqatgan xabarga koʻra, keyingi oydan boshlab Fransiya hukumati savdo doʻkonlarida va boshqa yopiq jamoat joylarida niqob taqishni majburiy etib belgilaydi.

Misrda fuqarolarga subsidiya ajratish davlat dasturi tomonidan belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir qatorda paxtadan tayyorlangan koʻp martalik yuz niqoblari 50 sentdan tarqatiladi, deb xabar beradi New York Times

Al Jazeeraning xabar berishicha, Turkmanistonda 14-iyuldan 23-iyulgacha viloyatlardan Ashxobodga qatnovchi yoʻlovchi poyezdlari toʻxtatiladi.

Hindistonda soʻnggi 4 kun ichida koronavirusdan zararlanish soni 100 000 taga koʻpaydi. Soʻnggi 24 soat ichida 28 000 dan ortiq yangi holat qayd etildi, yirik shahar Bangalor karantinga yopildi, deb xabar beradi CNN.

Forbes axborot manbasining tarqatgan xabarga koʻra, Italiya hukumati koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha karantin choralarini iyul oyining soʻngiga qadar uzaytirishni rejalashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech