05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,9 °C

Dolzarb
1 Iyun  2020 315

Koronavirus chegara bilmaydi

Armaniston Bosh vaziri va uning oila aʼzolari koronavirus bilan kasallandi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanda COVID-19 aniqlandi. Koronavirus shuningdek, uning oila aʼzolarida ham tasdiqlangan. Bu haqda Armaniston Vazirlar mahkamasi rahbari Facebook orqali toʻgʻridan-toʻgʻri xabar bergan.

Uning soʻzlariga qaraganda, harbiy qismlarga tashrif buyurish maqsadida koronavirusga analiz topshirishga qaror qilgan.

“Test ijobiy chiqdi”, — dedi oʻz xabarida Pashinyan. Shuningdek u

tahlil natijalari oila aʼzolarida ham tasdiqlanganini taʼkidlagan.

“Bizda kasallik alomatlari sezilmayapti, harorat ham normal holatda. Hozirda hammamiz izolyatsiya holatidamiz, uydan turib ishlayman. Bu yerda uning uchun barcha sharoitlar mavjud”, — dedi Nikol Pashinyan.

Pashinyanning taxminlarga koʻra u kasallikni yigʻilishlarning birida yuqtirgan boʻlishi mumkin. Yigʻilishda stakanda suv olib kelgan xodimlardan birining qoʻlida maxsus qoʻlqopi boʻlmagan. Aynan oʻsha xodimda ham koronavirus tasdiqlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech