05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Voqea-hodisalar
9 May  2020 533

Koronavirus aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rish va unga javob qaytarish bo‘yicha strategik rejasini yangiladi. Rejani joriy yilning oxiriga qadar amalga oshirish uchun 1,7 milliard dollar kerak bo‘ladi, deb xabar beradi World Health Organization.

DW axborot manbasining xabariga ko‘ra, karantin cheklovlarini yengillashtirishda Germaniyaning Kosfeld okrugidagi go‘sht kombinatida yangi koronaviurs infeksiyasi aniqlandi. Kombinat faoliyati to‘xtatildi, 17-20 ming xodimlar esa test tekshiruvidan o‘tkaziladi.

CNN ning xabar berishicha, AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish  boshqarmasi COVID-19 ga uyda test teshiruvi o‘tkazishga ruxsat berdi.  Ratger universitetining «RUCDR Infinite Biologics» laboratoriyasi bemor so‘lagini tahlil qilish asosida test tekshiruvlarini o‘tkazadi.

Rossiya Federatsiyasida barcha cheklov tadbirlari bekor qilinganda ham ko‘chaga niqob taqib chiqish saqlanib qolinishini ma'lum qilishdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi tufayli 9 may kuni Moskva shahridagi Qizil maydonda G‘alaba paradi boshqa kunga ko‘chirilishini maֹ’lum qilgandi. Shuningdek, G‘alabaning 75 yilligini nishonlash bo‘yicha barcha ommaviy tadbirlar ham keyinga qoldirishga qaror qilingan, deb xabar beradi Stopkoronavirus.rf.

New York Timesnig xabar berishicha,  yevropa komissiyasi uchun o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, yevropa  Ittifoqi Facebook Inc, Alphabet Inc Google va Twitter Inc soxta yangiliklarga qarshi kurashish uchun imzolagan ixtiyoriy majburiyatni mustahkamlashi kerak.

AQSh  koronavirus bilan bog‘liq kesin vaziyat sabab Xitoy jurnalistlari uchun viza qoidalarini qat'iylashtirmoqda, deb xabar beradi US News.

Pandemiya tufayli Meksikada avtomobil ishlab chiqarish deyarli to‘xtadi, deb xabar beradi Economic Times. Ma'lumotlarga ko‘ra, aprel oyida, 2019-yilda shu davriga nisbatan, avtomobil ishlab chiqarish 98,8 foizga kamaydi.

Reuters axborot manbasiningg xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siri sabab AQShda ishsizlar darajasi 14,7 foizgacha o‘sdi. Bunda aprel oyida 1930-yillardagi Buyuk depressiya davridan buyon ilk marta 20,5 million ish o‘rni yo‘qotildi.

Yevropa komissiyasi Shengen hududidagi mamlakatlarga Yevropa Ittifoqiga uchinchi davlat orqali kirish uchun vaqtincha cheklovlarni 15 iyunga qadar uzaytirishni tavsiya qildi, deb xabar beradi DW.

Buyuk Britaniya aviakompaniyalari koronavirus pandemiyasiga javoban hukumat mamlakatga Irlandiyadan boshqa har qanday davlatdan kiruvchilar uchun 14 kunlik karantin joriy qilishini malum qildi. Yangi cheklov shu oy oxirida kuchga kirishi kutilmoqda, deb xabar beradi BBC.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech