05 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,2 °C

Xalqaro hamkorlik
9 Iyul  2020 736

Koreyaga ishga joʻnatish davom etadi

Oʻzbekiston fuqarolarini Koreyaga ishga joʻnatish masalasi muhokama qilindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining (HRD) Oʻzbekistondagi vakili, EPS test imtihonlarini oʻtkazish markazi direktori Song Sang Jin bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida mehnat taʼtili olib, Oʻzbekistonga kelgan, shuningdek, EPS test imtihonlaridan oʻtgan fuqarolarni ushbu mamlakatga joʻnatish borasidagi masalalar muhokama etildi.

Song Sang Jin bergan maʼlumotlarga koʻra, Koreya Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan kirib kelayotgan fuqarolar orasidan har kuni 30 tadan 50 tagacha koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Ular orasida oʻzbekistonliklar ham bor. Mazkur holat Janubiy Koreyaga ishlash uchun kirib kelayotgan mehnat migrantlari soni hamda xorijiy davlatlar oʻrtasida tashkil etilayotgan aviareyslarga taʼsir etishi mumkin.

Uchrashuvda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida mehnat taʼtili olib, Oʻzbekistonga kelgan hamda EPS test imtihonlaridan oʻtgan fuqarolarni ushbu mamlakatga joʻnatish jarayonini tezlashtirish yuzasidan taklif bildirildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech