23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Xalqaro munosabatlar
11 Iyun  2019 736

Koreya kompaniyasi yurtimizdagi 2766 ta maktabga o‘quv-kompyuter yetkazib beradi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimizning umumta’lim maktablarida 2859 ta o‘quv-kompyuter sinflari tashkil etilishi belgilandi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va KT kompaniyasi Prezidenti Yu Yeng Park yurtimizda o‘quv-kompyuter sinflarini tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzoladi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi “Maktab ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘ldi. Loyiha Koreya Respublikasining Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan  33 mln. dollar kredit hisobiga moliyalashtiriladi.

Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari sinflariga jami 2859 ta o‘quv-kompyuter yetkazib, o‘rnatib beradi. 2019-yil oxiriga qadar o‘quv-kompyuterlar 700 ga yaqin maktablarga yetkazib berilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech