21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,6 °C

Ijtimoiy hayot
18 Yanvar  2019 2408

2018-yilda mamlakatimizda 768,3 ming nafardan ko‘proq tug‘ilish qayd etilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra FHDYO organlarida 768,3 ming nafardan ko‘proq tug‘ilganlik qayd etildi va bu O‘zbekiston tarixida eng ko‘p ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Tug‘ilganlarning 400,9 ming nafari o‘g‘il bolalar va 367,4 ming nafari qizaloqlardir.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1-yanvar holatida mamlakatimiz aholisi soni 33 million 254 ming 130 kishiga yetdi. 2018-yil davomida aholi 597,4 ming kishiga yoki 2017-yilga nisbatan 1,8 foizga ko‘paygan, deb xabar tarqatdi O‘zA.

Aholi o‘sishi tabiiy harakat hisobiga ta’minlangan. Ya’ni aholi orasida tug‘ilganlar soni vafot etganlar sonidan ancha ko‘pligi kuzatildi. 2018-yilda tug‘ilish 768,3 ming nafar bo‘lsa, vafot etganlar soni 154,7 ming nafarni tashkil etdi. Natijada, aholining tabiiy o‘sishi 613,6 ming nafarga yetdi.

Xabarda 2019-yilda aholisi 3 milliondan oshgan hududlar ham keltirilgan. Samarqand viloyati – 3,8 million, Farg‘ona – 3,7 million, Qashqadaryo – 3,2 million, Andijon – 3,1 million nafar aholi istiqomat qilmoqda.

Aholisi kam viloyatlarga keladigan bo‘lsak, ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida 829,7 ming, Navoiy viloyatida 974,3 ming nafardan ko‘proq yurtdoshlarimiz yashamoqda.

2019-yil 1-yanvar holatida aholi zichligi bir kilometr kvadratga 74,1 kishi to‘g‘ri kelmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech