29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Dolzarb
14 May  2020 363

COVID-19 qashshoqlikni oshiradimi

14-may holatiga jahon yangiliklari

BMT maʼlumotlariga koʻra, pandemiya qashshoqlikda yashaydigan odamlar sonini 2020-yilda 34,3 million kishiga koʻpaytirish xavfini tugʻdirmoqda, ularning yarmidan koʻpi Afrika mamlakatlariga toʻgʻri kelmoqda, deb xabar beradi New York Times.

NYTda xabar berilishicha, JSST bayonotida COVID-19 koronavirusi qancha vaqt davomida tarqalishi yoki toʻla yoʻqolishi borasidagi har qanday taxminlardan ogoh boʻlishga chaqirib, infeksiya endemik kasallik boʻlib qolishi mumkin ekanini aytgan.

European Commission axborot manbai xabariga koʻra, Yevropa komissiyasi pandemiya davrida yozgi taʼtilni xavfsiz oʻtkazish konsepsiyasini taqdim etgan. Hujjatda fuqarolarning Yevropa Ittifoqi hududida erkin harakatlanishini bosqichma-bosqich tiklash koʻrib chiqilgan. Manbaning alohida boʻlimi — mehmonxonalarning mehmonlarni qabul qilish va koʻngilochar bogʻlarga keluvchilar uchun talablariga bagʻishlangan boʻlib, xususan, qatʼiy gigiyena nazoratini taʼminlash va keluvchilar sonini cheklash talab etiladi.

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati Oksana Pushkinakoronavirusdan zararlandi. Deputatning taʼkidlashicha, test tekshiruvisiz infeksiya yuqtirganligi toʻgʻrisida bilmasdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Bloomberg axborot manbai xabariga koʻra, Vena aholisi restoran yoki kafega borish uchun bepul kuponlar olishadi. Shu tarzda hukumat restoran biznesini qoʻllab-quvvatlamoqchi. Sovgʻa sertifikatlari 950 ming kishi oʻrtasida taqsimlanadi: agar xonadonda bir kishi yashasa, 25 yevrolik kuponga ega boʻladi, agar ikki va undan koʻproq kishi boʻlsa — 50 yevro. Aksiya uchun shahar byudjetidan 40 million yevro sarflanishi rejalashtirilmoqda.

Chili hukumati 15-may oqshomidan boshlab poytaxt Santyago shahrida bir haftalik karantin joriy qilishga farmoyish berdi. Chora-tadbirlar kasalxonaga yotqiziladigan bemorlar soni ortishi va virus tarqalishini oldini olish maqsadida koʻrilmoqda, deb xabar beradi Reuters.

The Local xabariga koʻra, Shvetsiya hukumati zarurat boʻlmaganda xorij mamlakatlariga chiqmaslik va avtomobilda ikki soatdan uzoq mahalliy safarlardan saqlanish tavsiyalarini 15-iyulga qadar uzaytiradi.

Fransiya Atlantika sohilidagi Pornishe va La-Bol-Eskublak shaharlaridagi choʻmilish havzalarini yana ochdi. Dam olish hududida faol mashgʻulotlar — choʻmilish, sayr qilish va yugurishga ruxsat beriladi. Quyoshda toblanish va kichik ziyofatlar tashkil etish hozircha taqiqlanadi, deb xabar beradi France 24.

SWI: Shveysariya 15-iyundan epidemiologik vaziyat yomonlashmasa, Germaniya, Fransiya va Avstriya bilan chegaralarni ochishni rejalashtirmoqda.

Yaponiya payshanba kuni mamlakatning 47 prefekturasining 39 tasida favqulodda vaziyatni bekor qilishi kutilmoqda. Dunyo iqtisodiyotida kattaligi boʻyicha uchinchi oʻrinda boʻlgan mamlakat bir oy avval favqulodda vaziyat eʼlon qilgan edi, deb xabar beradi Guardian.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech