15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Kеyingi avlod
29 Oktyabr  2019 483

Kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 21-oktabrdagi qaroriga asosan 2019/2020-o‘quv yili uchun kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi, deb xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

Ko‘pchilik abiturientlar va ularning ota-onalari  hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, joriy o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abiturientlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019-yilning 20-noyabri etib belgilandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech