21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Xavfsizlik
7 Iyun  2019 3740

6,4 million so‘mlik noqonuniy olib ketilayotgan oltin tangalar ushlandi

Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari noyob tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo‘lgan urinishni bartaraf etishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Gap shundaki, mazkur bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro M.M.ning qo‘l yuki belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, nazorat-rentgen apparatida shubhali tasvirlar aks etgan.

Shundan so‘ng, uning yuklari belgilangan tartibda tekshirilganda unda bojxona nazoratidan yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, qiymati 6 400 000 so‘mlik, vazni 16 grammni tashkil qilgan 2 dona 1898-yilda, 1 dona 1899-yilda va 1 dona 1900-yilda ishlab chiqarilgan “B.M.Nikolay” yozuvli tilla tangalar borligi aniqlangan.

Ushbu post xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga doir yana bir holat aniqlandi. Qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro S.Yo.ning harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi. Shundan so‘ng, ushbu fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, unda bojxona nazoratidan yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, og‘irligi 172 gramm bo‘lgan, sariq metaldan yasalgan, qiymati 51 600 000 so‘mlik, 3 turdagi zargarlik buyumlari borligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech