17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,8 °C

Mamlakatimizda
6 Mart  2019 1796

Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (2019 yil 5 mart, O‘RQ–527). 

 

Qonun bilan Konstitutsiyaga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Jumladan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlariga (79-modda) quyidagilar qo‘shildi:

  • siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi, shuningdek, ichki va tashqi siyosat masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
  • Bosh vazir taqdimiga ko‘ra Hukumat a'zoligiga nomzodlarni, keyinchalik ularni Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma'qullash.

Prezident vakolatlariga Hukumat a'zolarini Qonunchilik palatasi ma'qullaganidan so‘ng tasdiqlashiga oid o‘zgartirish kiritildi. Ilgari, Qonunchilik palatasining ma'qullashi talab etilmagan.

Ushbu tartibni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Qonunlarga ham kiritildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunda Hukumat a'zolarini ma'qullash tartibi belgilandi.

Unga muvofiq, nomzodlar mas'ul qo‘mita, fraksiyalar va deputatlar tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi.

Nomzodlar Hukumatning harakatlar dasturi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini Qonunchilik palatasiga taqdim etishi lozim.

Nomzod rad etilsa Bosh vazir yangi nomzodni kiritadi.

Shuningdek, Bosh vazir hukumat a'zolari bilan har chorakda Qonunchilik palatasi va Senatga Prezidentning Murojaatnomasidan kelib chiqadigan davlat dasturi bajarilishi borasida hisobot taqdim etadi.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech