03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37 °C

investitsiyalar
24 Fevral  2020 2669

Fotoelektr stansiyalari qurilishi uchun investorlar tanlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi fotoelektr (quyosh) stansiyalari (FES) qurish maqsadida investorlar o‘rtasida tanlov e'lon qiladi.

Fotoelektr (quyosh) stansiyalarining (FES) Samarqand va Jizzax viloyatlarida qurilishi mo‘ljallanyapti. 

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Hozirda unda ishtirok etishni istagan potensial investorlar Loyihaga qiziqish bildirishlari va dastlabki malakaviy tanlovdan o‘tish uchun ariza berishlari mumkin.

FESlar bo‘yicha alohida ishlarni bajarish, moliyalashtirish, qurilish va ishga tushirish hamda egalik qilish (PV) borasida bitta yoki ikkita yoxud xususiy sektordan iborat mustaqil elektr energiya ishlab chiqaruvchilar (IPP) konsorsium tanlab olinishi rejalashtirilgan.  Har bir FESning quvvati qariyb 200 MVt bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Malakaviy tanlovdan o‘tgan potensial talabgorlar ikkinchi bosqichda loyihani baholash, loyiha hujjatlariga sharh berish va keyin texnik hamda moliyaviy takliflarni taqdim etishga taklif etiladilar.

Ma'lumot uchun: Qayd etish kerakki, Jizzax va Samarqand viloyatlarida FES qurilishi O‘zbekiston Hukumatining qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaqin 10 yil ichida 5 GVt ga yetkazish strategiyasi doirasida amalga oshiriladi.

Ushbu maqsadda Xalqaro moliya korporatsiyasi (Jahon banki guruhi) quvvati 900 MVtgacha bo‘lgan quyosh energiyasi loyihalari bo‘yicha tenderlarni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashish uchun yetakchi maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Tanlov tashkilotchilari Energetika vazirligi tizimidagi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisoblanadi.

«Loyihaga qiziqish bildirish» bo‘yicha rasmiylashtirish tafsilotlari bilan Energetika vazirligining veb-saytida tanishish mumkin. Manfaatdor tomonlar  2020-yil 21- martgacha bo‘lgan muddatda murojaat etishi mumkin, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech