02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Ijtimoiy hayot
26 Mart  2020 572

Markaziy bank axboroti: to‘lovlar muddati uzaytiriladi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida qarzdorlarning kredit tolovlari bilan bogliq riskini yumshatish boyicha qoshimcha choralar yuzasidan Markaziy bank quyidagi mazmunda axborot beradi:

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida qarzdorlarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq risklarni yumshatish maqsadida Markaziy bank tomonidan barcha kredit tashkilotlariga:

-joriy qilingan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qarzdor – jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlariga asosan, 2020- yil 1-oktyabrga qadar kredit to‘lovlarini qaytarishda imtiyozli davr berish va mos ravishda yakuniy to‘lovlar muddatlarini uzaytirish;

- muddati o‘tgan qarzdorliklarni kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qo‘llamaslik hamda undiruvni kredit ta’minotiga qaratmaslik tavsiya etildi.

Shuningdek, kredit tashkilotlariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini o‘zgartirmaslik huquqi berildi.

O‘z navbatida, joriy etilgan karantin holatidan kelib chiqib, masofalanishni ta'minlash maqsadida kredit tashkilotlariga qisqa muddat ichida kredit to‘lovlarini kechiktirish masalalari bo‘yicha murojaatlarni masofaviy tarzda ko‘rib chiqish tizimini yaratish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, joriy etilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanib, mijozlar tomonidan haqiqatda moliyaviy ahvoli yomonlashgan holatda kredit tashkilotlariga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq ekanligini bildiramiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech