21 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Biznes
28 Yanvar  2020 2693

KOIKA biznes-inkubatorlari Toshkentda

Joriy yilning 28-yanvarida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Koreya Respublikasining xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida qiymati 5,5 million AQSh dollari miqdorida bo‘lgan «O‘zbekistonda biznes inkubatsiya tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish» loyihasini ishga tushirish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Loyiha Koreyaning eng yaxshi tajribasini hisobga olgan holda, yangi ish boshlagan tadbirkorlarga o‘z biznes g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatish tizimini ishlab chiqishga qaratilgan.

Ushbu loyiha doirasida koreyalik mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish rejalashtirilgan bo‘lib, ular bilan keyingi 4 yil ichida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boriladi:

- Toshkent shahrida yangi ishbilarmonlarga o‘zlarining biznes g‘oyalarini amalga oshirishda malakali mutaxassislardan amaliy yordam olishlari mumkin bo‘lgan namunali biznes-inkubatorni yaratish;

- boshlang‘ich tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, shuningdek,  O‘zbekistonda innovatsion biznes ekotizimini rivojlantirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tashkilotlarning (loyihalarning) institutsional rivojlanishiga ko‘maklashish;

  - Koreya Respublikasida o‘quv amaliyotini tashkil etish orqali yoshlar va innovatsion biznesni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi idora va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish;

- o‘z biznesini tashkil etish va yuritish to‘g‘risidagi boshlang‘ich tadbirkorlar uchun barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yaxlit axborot tizimini yaratish.

Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda Koreya Respublikasi dunyo iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish darajasini bo‘yicha ko‘plab xalqaro reytinglarda yetakchi o‘rinni egallab turibdi, deya xabar beradi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech