24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Mamlakatimizda
12 Fevral  2019 1831

Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi qabul qilinadi

Fuqarolarning xolis, ishonchli axborot olishlari, shuningdek, jurnalistlarning fikrlar xilma-xilligini inobatga olgan holda haqqoniy va ob’ektiv ma’lumot tayyorlashi va ularni yetkazishini ta’minlash maqsadida jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi ishlab chiqilmoqda, deb xabar bermoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

Kodeks asosida jurnalistlarning sifatli axborot yetkazishda mas’uliyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Jurnalistlarning kasbiy majburiyatlari, ularning mas’uliyatlarini himoyalash, halol raqobat va jurnalistlar birdamligi – kodeksning bosh tamoyillaridan hisoblanadi.

Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi prinsiplari va normalarini buzgan jurnalistlar kodeksda belgilangan tartibga ko‘ra javobgarlikka tortiladilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech