14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Mamlakatimizda
11 Sentyabr  2019 405

Ko‘chma va qatnash tusidagi ishlarga ustama to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar bilan bog‘liq ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Nizomga muvofiq, ko‘chma yoki qatnash tusidagi ishlarning xususiyati va ustamalar miqdori ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi.

Ishning ko‘chma xususiyati uchun ustama tashkilot joylashgan joydan ish (ob'ekt) joyiga muntazam xizmat safarlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishni, biroq har kuni yashash joyiga yoki tashkilot joylashgan joyga qaytib kelish mumkin bo‘lgan ob'ektlarda ishni bajaruvchi xodimlarga, shuningdek, doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan xodimlarga belgilanadi.

Ishning qatnash xususiyati uchun ustama ishlab chiqarish zarurati tufayli har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kela olmaydigan xodimlarga ularning doimiy yashash joyidan uzilganligi bilan bog‘liq oshgan xarajatlarni qoplash maqsadida belgilanadi.

Bunday ishlar uchun ustamalar belgilanadigan xodimlar kasblari va lavozimlari ro‘yxati, shuningdek, ustamalar miqdori ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda belgilanadi va jamoa shartnomasida ko‘rsatiladi.

Bunda ustama miqdori respublika hududida belgilangan bir oylik eng kam ish haqi miqdoridan oshmasligi kerak.

Shuningdek, belgilangan miqdorlardan oshmaydigan ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar uchun to‘langan ustamalarga daromad solig‘i solinmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech