07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Dolzarb
22 May  2020 252

Klinik sinovning yakuniy bosqichida

 Rossiyada COVID-19 vaksinasi odamlarda sinovdan oʻtkazildi.

 

Rossiya Federatsiyasining N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi mutaxassislari yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasini sinab koʻrdi va tajriba muvaffaqiyatli oʻtdi.

Olimlarning maʼlum qilishicha, tajribada uni ishlab chiqqan, klinik tadqiqotlargacha ishlarni tashkil etgan insonlar, texnologlar ishtirok etishgan va ularda immunitet saqlanib qolgan, hech qanday salbiy taʼsirlar aniqlanmagan. Markaz direktorining soʻzlariga koʻra, vaksina sinab koʻrilgandan soʻng, barcha ixtirochilar “tirik, sogʻlom va baxtli”.

Hozirda vaksina klinik sinovgacha davrning yakuniy bosqichida va primatlarda qoʻshimcha tekshirilmoqda. Tekshirishlar natijasi olinganidan soʻng klinik tadqiqot uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining ruxsati talab etiladi va shundan keyin koʻngillilarda sinov boshlanadi.

Vaksinaning klinik sinovlarini yoz oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech