16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Salomatlik
22 Iyul  2019 655

Klinik o‘lim holatidagi bolani qutqargan shifokor mukofotlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan klinik o‘lim holatidagi bola otalaringolog-shifokor tomonidan qutqarib qolingani tasvirlangan videolavhaning aholi tomonidan e'tirof etilishi fidoyi shifokorlarimiz mehnatiga berilgan munosib baho bo‘ldi.

Mazkur jarayonda qahramonlik ko‘rsatgan 41 yoshli shifokor Sergey Vladimirovich Tobias “Sog‘liqni saqlash a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanib, ushbu mukofot Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov tomonidan toshirildi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

Vazir shifokorga mukofotni topshirar ekan, xalqimiz salomatligini asrashda tibbiyot xodimlarining o‘rni nihoyatda muhimligini e'tirof etgan holda, bunda tajribali hamda o‘z vazifasiga ma'suliyatgi soha fidoyilarining xizmati katta ekanini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan, poytaxtimizdagi xususiy shifoxonalardan birida faoliyat yuritib kelayotgan Sergey Tobias garchi reanimatolog bo‘lmasa ham kasb mahoratini namoyish etib, klinik o‘lim holatida olib kelingan 2 yoshli bola Umar Nurillaevni qutqarib qolgan. Shundan so‘ng  bemor 3-son bolalar klinik shifoxonasiga tez yordam mashinasida, shifokor ko‘rigi ostida yuborilgan. Ushbu shifoxonada barcha davolash muolajalari amalga oshirilgan.

– Farzandimni qutqarib qolgan shifokordan judayam minnatdorman. Ota sifatida shifokorning bu fidoyiligini hyech narsaga qiyoslay olmayman. Bu holat men uchun haqiqiy qahramonlik, – deydi 2 yoshli Umar Nurillaevning otasi Dilshod Razzoqov. – Ushbu jarayonda bitta shifokor timsolida minglab shifokorlarimizning ezgulikka boy faoliyatining mas'uliyatini, sharafini yanada chuqurroq his etdim. Tibbiyot sohasidagi jadal olib borilayotgan islohotlar ham bejiz emas. Buning ortida minglab insonlarning salomatligi, quvonchi mujassam ekan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech