23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Agrosеktor
21 May  2020 1395

Dorivor oʻsimliklar — klaster usulida

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Navoiy boʻlimi olimlari tashabbus bilan chiqdi.

Ular dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha klaster tashkil etishni taklif etyaptilar.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi, deb xabar beradi tashkilot matbuot xizmati. Dastavval dorivor oʻsimliklar shartnoma asosida fermer xoʻjaliklari va qishloq ahlining shaxsiy tomorqalarida yetishtiriladi. Klaster esa ularni urugʻ, zarur boʻlganda, oʻgʻit bilan taʼminlash, shuningdek, yetilgan va quritilgan hosilni bozor narxida ulardan sotib olishni oʻz zimmasiga oladi. Shu bilan birga Akademiya olimlari dorivor oʻsimliklarni ekish va parvarish qilish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari tayyorlaydi va ular bilan aholini taʼminlaydi. Shu bilan birga, ishning ketishini doimiy ravishda videoaloqa vositalari orqali, hamda joyiga chiqish yoʻli bilan monitoring qilib boradi, kerakli tavsiyalar beradi.

Navoiylik olimlar, fermerlar va xususiy tomorqa egalarining birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan 50 gektar maydonda dorivor oʻsimliklar yetishtirish, xususan, naʼmatak va achchiq bodom ekish rejalashtirilgan. Topinambur, amarant, kunjut, sedana, arpabodiyon va tirnoqchalardan olinadigan hosilning yarmi qayta ishlanadi. Klaster shakllanib boʻlingandan keyin esa, ikkinchi bosqichda hosilning hammasi qayta ishlanadi.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilingan tegishli konkursda ishtirok etadi.

Dilfuza Gulyamova.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech